Ovoz - SENSORIKA SUN'IY INTELLEKT AKADEMIYASI

SUNO - Musiqa yozish
SUNO - Musiqa generatori neyrotarmog'i yordamida rasm va videolar uchun musiqa va taronalar yozishni boshlang. Orzuingizdagi ohang va qo'shiqlarni Suno AI yuqori sifatli musiqa tarzida yaratadi

Eleven Labs AI - ovoz sintezi
ElevenLabs kompaniyasining vositalari matnni nutqqa o‘tkazishdan tortib, sun’iy intellekt yordamida boshqariladigan ovozli signallargacha til to‘siqlarini yo‘qotib, hattoki ovozini yo‘qotganlarga ham ovozlarni qaytarib berishi va raqamli o‘zaro ta’sirlar yordamida uni xuddi insonni ovozidek qila olishi kabi yangiliklar sizni befarq qoldirmasligi haqida mulohaza yuritamiz.

Kompaniya haqida

ElevenLabs kompaniyasi rasmiy ravishda 2022-yilda ishga tushirilgan bo‘lsa-da, uning asosiy texnologiyalari bir necha yil davomida ishlab chiqilgan. Kompaniya asoschisi - Piotr Matuszewski, sun'iy intellekt va chuqur o‘rganish bo‘yicha mutaxassis bo‘lib, bu texnologiya bilan matndan nutqqa aylantirish ilg‘or tizimini yaratishni maqsad qilgan.

Kompaniya jamoasining asl maqsadi kontentni har bir tilda va ovozda hamma uchun ochiq qilishga qaraatilgan. Ma’lumotlarga ko’ra bu ahil jamoa 32 tilda real, universal va kontekstga sezgir nutq, ovoz va tovush effektlarini yaratuvchi AI audio modellarini ishlab chiqishi bilan etakchilardandir. Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra, 2023-yil oktyabrda ElevenLabs sun'iy intellektga asoslangan ovoz sinteziga ixtisoslashgan kompaniya sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Ular yuqori sifatli, tabiiy tovushli AI ovozlarini yaratish bilan mashhur bo'lib, chuqur o'rganish texnologiyalaridan foydalanadilar. Kompaniya matndan ovozga (TTS), ovoz klonlash va kontent yaratish kabi turli ilovalar uchun xizmatlar taklif etadi, buning orqali yaratuvchilar, bizneslar va dasturchilar foydalana oladi.

ElevenLabsda qanday qilib ovoz yaratiladi

ElevenLabs bu matnni nutqqa aylantirish (TTS) uchun ilg‘or sun'iy intellect texnologiyasidan foydalanadigan platform hisoblanadi. Platformaning asosi bo‘lgan neyron tarmoqlar insonning nutqiga taqlid qilish uchun chuqur o‘rganish modellari bilan ishlab chiqilgan, bunda intonatsiya, urg‘u va ohang kabi nozik tafovutlar ham aks ettiriladi. ElevenLabs texnologiyasi matnni tovushga aylantirish uchun katta hajmdagi ma'lumotlar to‘plamlarida o‘rgatilgan va bu esa tizimga tabiiy va jonli tovushlarni yaratishga imkon beradi.

Ovoz yaratish jarayoni quyidagicha ishlaydi:

Albatta foydalanuvchilar birinchi bo’lib servisga nutqqa aylantirish ushun istagan matnni kiritadilar. Bu jarayonda u matnni fonetik tahlil qiladi. Ya’ni matn so‘zlarning qanday talaffuz qilinishini tushunibolib uni fonetik ifodaga aylantiradi.

Tizimda so‘zlarni sintez qilishda tegishli ovoz modelini tanlash va to‘g‘ri ohang, ovozni baland chiqishi va ritmni qo‘llash orqali audio yaratish jarayoni amalga oshiriladi.

Bundan natija asosida siz insonning tabiiy ovozini aks ettirgan, tiniq va jonli nutq olishingiz mumkin bo‘ladi.

Imkoniyatlar va Xususiyatlar

ElevenLabs bir qancha ilg‘or xususiyatlarga ega, ularni boshqa TTS xizmatlaridan ajratib turadi:

• Insonga o‘xshash ovozlar: ElevenLabs tabiiy va jonli ovozlarni ishlab chiqarish bilan mashhur. Bu tizim nutqning emosional ohanglari va nozik tafovutlarini aks ettira oladi.

• Ovozni nusxalash: Boshqa xizmatlardan farqli o‘laroq, ElevenLabs ovozi nusxalash imkoniyatini ham taqdim etadi. Foydalanuvchilar ma'lum bir shaxsning ovoz namunalarini (masalan, gapirishdan olingan audio yozuv) yuklab, ularning sintetik versiyasini yaratishlari mumkin.

• Ko‘p tillarni qo‘llab-quvvatlash: ElevenLabs bir nechta tillarda tabiiy ovozlarni yaratish imkonini beradi. U ingliz, ispan, fransuz, nemis kabi ko‘plab tillarda ishlay oladi.

• Emotsional nutq: AI nutqni tuzishda uning emosional ohangini o‘zgartirish imkoniyatiga ham ega, bu esa rasmiy nutq, kundalik suhbat yoki dramatik hikoya kabi turli kontekstlar uchun moslashtirilgan ovozlarni taqdim etadi.

• Yuqori sifatli chiqish: Xizmat o’z navbatida yuqori sifatli audio yaratadi, bu esa murakkab nutq modellari bilan ham tabiiy eshitilishini ta'minlaydi.

• Moslashtirish: Foydalanuvchilar nutqning turli jihatlarini, masalan, ohang, tezlik va urg‘uni sozlash orqali natijalarni mukammal tarzda moslashtirishlari mumkin boladi.

Yangi funksiyalar va takomillashtirishlar

2024-yilda ElevenLabs yana rivojlanishni davom ettirmoqda. Ba'zi yangi funksiyalar va imkoniyatlar yaratidi, bular quyidagilar:

• Matndan video yaratish: Yaratuvchilar va marketingchilar uchun video kontent yaratishda AI tomonidan yaratilingan ovozlarni va avatarlarni birlashtirish imkoniyati.

• Mukammal ovoz texnologiyasi: Emosional ifoda va nutqning tabiiyligini oshirish uchun ilg‘or modellarni ishlab chiqish.

• Ovozlarni o‘rgatish: Minimal ma'lumot bilan individual ovozlarni yaratishga imkon beruvchi qulay vositalar.

• Nutq sintezi API(amaliy dasturlash interfeysi)lari: Tashqi platformalar bilan mukammal integratsiya qilish imkoniyatini beruvchi APIlar.

Agar biz Google Cloud Text-to-Speech, Amazon Polly yoki Microsoft Azure Speech kabi boshqa mashhur TTS xizmatlari bilan solishtirganimizda, ElevenLabs o’zining yuqori va sifatli ovoz sintezi, ovoz nusxalash, emosional va ifodali nutq va moslashtirish kabi yuqorida batafsil qayd etilgan bir qancha afzalliklari bilan ajralib turadi.

Undan foydalanish narxlari sizga qiziqmi?

ElevenLabs freemium modelida ishlaydi:

•  Bepul rejalar: Foydalanuvchilar platformaning ba'zi asosiy xususiyatlariga cheklangan miqdorda foydalanish imkoniyatiga ega (masalan, oyiga cheklangan belgilar yoki tanlangan ovozlar).

• Pullik rejalari: Kengaytirilgan xususiyatlar, masalan, ovoz nusxalash, yuqori sifatli chiqishlar, cheksiz foydalanish va maxsus ovoz modellari uchun obuna rejalar mavjud. Narxlar foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan belgilar soni, xususiyatlarning murakkabligi va talab qilinadigan xizmatlarga qarab o‘zgarib boradi.

Joriy yildagi narxlarga to’xtaladigan bo’lsak:

• Boshlang‘ich reja: Asosiy imkoniyatlarni taqdim etadi va oyiga ma'lum bir belgilar soni bilan cheklangan.

• Pro reja: Yuqori foydalanish va ilg‘or xususiyatlar, masalan, ovoz nusxalash va API ulanishlari uchun mo‘ljallangan.

• Korporativ reja: Katta hajmdagi integratsiyalar uchun, o‘z brendi ostida xizmatlarni taklif etish, maxsus qo‘llab-quvvatlash va integratsiyalarni o‘z ichiga olgan reja.

Shuningdek ElevenLabsdan bepul ham foydalanishingiz mumkin. Sinov versiyasida siz oyiga 10 daqiqa audio yaratishingiz mumkin. Siz quyidagilarga kirishingiz mumkin:

• 29 tilda gapira oladigan funksiya

• Avtomatik takrorlash bilan kontentni tarjima qilish

• O'z sun'iy ovozingizni yaratish

• API ga kirish

Kimlar mazkur xizmatdan foydalanishi mumkin?

Odatdagidek, neyron tarmoq bilan ishlash uchun siz oldin ro'yxatdan o'tishingiz yoki Google dagi hisobingiz orqali tizimga kirishingiz kerak. AIdan foydalanish maqsadlari haqidagi bir nechta savollarga javob berasiz.

Bu texnologiya ko‘plab sohalarda ishlatiladi:

• Kontent yaratuvchilar: YouTube, podkast va boshqa media yaratuvchilari uchun yuqori sifatli ovozli video yoki podkastlar yaratishda.

• Dasturchilar: O‘z dasturlariga yoki o‘yinlariga TTS tizimini integratsiya qilayotganlarida.

• Biznesmenlar: Mijozlarga xizmat ko‘rsatish robotlari, interaktiv ovozli javob tizimlari (IVR) yoki trening materiallari uchun ovozli video yaratishda.

• Ta'lim sohasidagilar: O‘qituvchilar va o‘quv yurtlari ta'lim materiallarini yaratishda yoki elektron o‘qish platformalarida TTS-dan foydalanishadi.

• Nogironlar uchun dasturlar: Ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan foydalanuvchilarga yordam beruvchi ilovalar yaratishda.

• Yozuvchilar va mualliflar: Audiokitoblar yaratish yoki yozilgan materiallarni tinglab ko‘rishda yordam beradi.

Maqoladagi mavzuga xulosa qilar ekanmiz, ElevenLabs eng ilg‘or va ko‘p funksiyali matndan nutqqa aylantiruvchi platformalaridan biri bo‘lib, u o'zining tabiiy ovoz yaratish, maxsus ovoz nusxalash va emosional ifodalarni qo‘llab-quvvatlash kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Uning imkoniyatlari keng bo‘lib, tadbirkorlar, kontent yaratuvchilar va dasturchilar uchun juda ham foydali.

Biroq, yuqori darajadagi xususiyatlar narxni oshiradi, ammo bu platforma ilg‘or TTS texnologiyalariga ehtiyoji bo‘lganlar uchun juda kuchli vositadir. ElevenLabs sun'iy intellekt va nutqni sintez qilish sohalarida oldinga o’rinlarda bolishda davom ettirishi kutilmoqda.