img

Gamma App

Gamma App dasturi web sayti orqali  prezentatsiya, rasm va web-sahifalar tayyorlab beradigan sun’iy intellektga asoslangan neyrotarmoq. Gamma application dasturi zamonaviy neyrotarmoq bo'lib, o'zbek tilida slayd yaratish imkonini ham beradi. Neyrotarmoq professional darajada murakkab prezentatsiyalar yaratish imkonini beradi.  

Gamma app pptx, pdf formatida prezentatsiya va namoyish hujjatlari tayyorlash maqsadida ishlatiladigan O'zbekistondagi mashhur sayt hisoblanadi. Gammadan foydalanish soha vakillariga quyidagilar kiradi:  

  1. Talabalar - loyiha va kurs ishlari uchun vaqtni tejagan holda prezentatsiya yaratish;
  2. O'qituvchi va murabbiylar - darslarni qiziqarli qilib o'tish o'tish;
  3. Biznes egalari - biznes loyihalarini taqdimoti va hisobot berish uchun;
  4. Freelanserlar - web-sahifalar va prezentatsiyalarini sifatli bajarish uchun.

Quyida saytdan foydalanib prezentatsiya, slayd, saytlar yaratish uchun to'liq instruksiya qullanmasi keltirilgan: 

Gamma app dasturi haqida

yordamida promptlar(so’rov) kiritib prezentatsiya, rasm va web-sahifalarni bepul, uzbek tilida generatsiya qilishingiz mumkin. 

Gamma app web saytiga kirish linki: Gamma.app


Gamma App AI narxlari haqida ma'lumot 

Gamma AI narx siyosati yangi foydalanuvchilarni qiziqtirish uchun bepul va pullik tarif turlariga asoslangan.  Barcha tariflarda kerakli formatdagi fayllarni generatsiya qilish imkoni mavjud bo'lib, beriladigan token soniga farq qilinadi:

  • Bepul tarifida 400 ta token berilib, bu tokenlar orqali Gamma dasturida prezentatsiyangizni bepul yaratish orqali servis imkoniyatlaridan xabardor bo'lish uchun demo rejimida foydalanishingiz mumkin; 
  • Plus: oylik to'lovi $8 (104,000 so'm) va sizga 50,000 token taqdim qilinadi. 20ta slayd yaratish mumkin.
  • Pro: oylik to'lovi $15 (194,000 so'm) bu tarifda sizga 100,000 token taqdim qilinadi. 60ta slayd yaratish mumkin. 

 *Eslatma: narxlar amaldagi valyuta kursi bilan hisoblangan.


Gamma App AI qanday ishlaydi?

Gamma AI dan to’g’ri foydalanish va prezentatsiya tayyorlash bo’yicha quyidagi qo’llanmani qo’lga kiritish uchun to'lovni amalga oshiring:



Prezentatsiya tayyorlash uchun 1-Qadam: 

Gamma App saytga kiramiz https://gamma.app/ru: 


2-Qadam:
Saytdan ro'yxatdan o'tamiz:















 Elektron pochtamizni kiritamiz va elektron pochtamizga o’tamiz Gamma App dan kelgan xabarni tasdiqlaymiz, “Подтвердите адрес электронной почты” knopkasin bosamiz: 
















3-Qadam:
Akkaunt yaratamiz, ism, familiya, til va parolni kiritamiz va "Продолжить" knopkasini bosamiz:

















Ro'yxatdan muvaffaqiyatli o'tganimizdan keyin:
4-Qadam:
"Создать новый" knopkasini ustiga bosamiz:












5-Qadam:
"Сгенерировать" knopkasini ustiga bosamiz va prezentatsiya tayyorlaymiz:


















6-Qadam:

Kerakli sozlamalarini to'g'irlab olamiz:
1. Saytning yuqori qismida "Презентация" knopkasini belgilaymiz.

2. Nechta slayd kerakligini "8 cards" panelini ichidan belgilab olamiz.

3. "По умолчанию" degan panelni "Традиционный" degan funktsiyasiga o'zgartiramiz va yon tomondagi paneldan o'zimizga kerakli bo'lgan tilni tanlaymiz, bu panelda o'zbek tili mavjud.

4. "Опишите, что Вы хотели бы сделать" degan joyiga qanday mavzu haqida prezentatsiya kerakligini yozamiz, Masalan: "Amir Temur davlati" mavzusini kiritib olamiz.

















5. "Создать конспект" knopkasini ustiga bosamiz.












































7-Qadam:
1. Konspektning pastki qismida prezentatsiyamiz uchun stil tanlaymiz, "Источник изображения ИИ" degan panelda "Изображения ИИ" ni tanlab olsak slayddagi rasmlar sun'iy intellekt orqali generatsiya qilinadi.
2."Модель изображния ИИ" panelida "Flux Fast" sun'iy intellektini tanlab olamiz va saytning pastki qismida "Сгенерировать" knopkasini bosamiz.





















Va prezentatsiyamiz tayyor:






































































8-Qadam:
Prezentatsiyamizni yuklab olishni o'rganamiz: Prezentatsiyamizning yuqori qismida "Поделиться" knopkasini ustiga bosamiz.














"Экспорт" degan panelga o'tib o'zimizga qulay bo'lgan formatni tanlab olamiz. Masalan: "Экспорт в Power Point"  knopkasini bosamiz va avtomatik ravishda prezentatsiyamiz qurulmamizga saqlanadi.  

Новость отредактировал: admin - 25-09-2026

admin2 28-03-2025
grade grade grade grade star_half

Prezentatsiya arrow_right_alt

Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив