img

"Sensorika" va Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi o‘rtasida mustahkam hamkorlik!

"Sensorika" va Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi o‘rtasida mustahkam hamkorlik!

     Bugungi kunda raqamli olamda xavfsizlikni ta'minlash va axborot bilan to'g'ri ishlash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, huquq-tartibot idoralari faoliyatida bu yo'nalish alohida o'ringa ega.

 
     Kuni kecha "Sensorika" IT-o‘quv akademiyasi jamoasi Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining (IIB) Komplayens xizmati xodimlari uchun "Axborot xavfsizligi va mediasavodxonlik" mavzusida maxsus o'quv-trening tashkil etdi.

 
Uchrashuv davomida quyidagi muhim mavzularda tushunchalar berildi:

  • Kiberxavfsizlik asoslari va raqamli gigiyena;
  • Ijtimoiy tarmoqlarda feyk xabarlarni aniqlash va mediasavodxonlik;
  • Shaxsiy va xizmatga oid ma'lumotlarni himoya qilishning zamonaviy usullari.


     Eng quvonarlisi, ushbu yo'nalishdagi doimiy va samarali hamkorligimiz yuksak e’tirof etildi!  Navoiy viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan "Sensorika" jamoasi maxsus esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.


     Ushbu yuksak ishonch va e'tibor uchun Navoiy viloyati IIB rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz! "Sensorika" jamoasi jamiyatimizda raqamli savodxonlikni oshirish va axborot xavfsizligini ta'minlash yo'lida o'z hissasini qo'shayotganidan faxrlanadi.
Kelajakni va xavfsizlikni birgalikda quramiz!


 

admin2 24-08-2026
grade grade grade grade star_half

Yangiliklar arrow_right_alt

Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив