Assalomu alaykum! Mening ismim Sarvar
Assalomu alaykum! Mening ismim Sarvar, hozirda 8-sinfda o‘qiyman. Yoshligimdan boshlab texnologiyalarga, ayniqsa dasturlash sohasiga katta qiziqishim bor. Maqsadim aniq: kelajakda professional dasturchi bo‘lish va dunyo miqyosidagi kompaniyalarda ishlash, xususan Google kompaniyasida faoliyat olib boorish.
IT sohasidagi bilimlarimni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida men “Sensorika IT” o‘quv markaziga qatnay boshladim. Dasturlashga bo‘lgan ilk qadamlarim aynan shu yerda, kompyuter savodxonligi kursi orqali boshlandi. Word, Excel, PowerPoint va Canva dasturlarida ishlashni, internetdan xavfsiz va samarali foydalanishni o‘rgandim. Bu bilimlar hayotimda, o‘qishda va shaxsiy loyihalarimda juda asqotmoqda.
Shundan so‘ng “Sensorika IT” da taʼlimimni davom ettirib, Frontend va Python yo‘nalishlarini ham muvaffaqiyatli tamomladim. Frontend kursida HTML, CSS, jаvascript hamda ReactJS texnologiyalarini o‘zlashtirdim. O‘zim yaratgan web-loyihalarni internetga joylashtirish, zamonaviy va qulay interfeyslar yaratish menga katta tajriba berdi. Bu amaliyotlar orqali o‘z kuchimga bo‘lgan ishonchim yanada mustahkamlandi.
Python dasturlash tili orqali esa avtomatlashtirish, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik kabi yo‘nalishlarga qiziqishim ortdi. Ushbu sohalarda dastur tuzish, muammolarni algoritmik fikrlash orqali hal qilish ko‘nikmalarini egalladim. Python menga mantiqiy va tizimli ishlashni o‘rgatdi.
IT men uchun shunchaki kasb emas – bu yangi imkoniyatlar va kashfiyotlar olami. Har bir texnologiyani o‘rganish men uchun yangi ufqlarni ochadi. Men ishonaman: hozirgi mehnatim – kelajakdagi yutuqlarimning poydevoridir. Shuning uchun har kuni o‘z ustimda ishlashni davom ettiraman.
Texnologiya – bu kelajakning tili, men esa shu tilda bemalol so‘zlasha oladigan inson bo‘lishni tanlaganman.