img

Yandashov Asilbekning “Sensorika IT” akademiyasidagi muvaffaqiyat tarixi

Yandashov Asilbekning “Sensorika IT” akademiyasidagi muvaffaqiyat tarixi

Men, Yandashov Asilbek, 2008-yilning 13-iyulida Buxoro viloyati Shofirkon tumani Yangiobod qishlog‘ida tavallud topganman. 2016-yilda Toshkent shahri Zangiota tumanidagi 31-maktabda o‘qishni boshlaganman. 2024-yilda esa Navoiy shahar politexnikumiga o‘qishga qabul qilindim va hozirda talabaman.


IT sohasiga qadam va maqsad

Hozirgi kunda axborot texnologiyalari (IT) dunyodagi eng tez rivojlanayotgan sohalardan biridir. Men kelajakda dasturchi bo‘lishni maqsad qilganman. Chunki dasturlash orqali insonlar hayotini yengillashtiradigan dastur va ilovalar yaratish mumkin.

Bu soha tinimsiz izlanish, sabr-toqat va amaliy mashqlarni talab qiladi. Ishonamanki, mehnat, intilish va doimiy o‘qish orqali maqsadimga erishaman hamda IT sohasida yurtimiz va jamiyatimiz rivojiga o‘z hissamni qo‘shaman.


Ustozga ehtirom

“Sensorika IT” akademiyasiga kelganimdan boshlab, ustozim Hamdullayev Azizbek bizga IT savodxonligidan chuqur bilim berib kelmoqdalar. Ustozimizning har bir o‘rgatgan darslari biz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Ayniqsa, dasturlash va IT sohasida o‘z yo‘limizni topishimizda berayotgan yo‘l-yo‘riqlari bizni yanada ilhomlantiradi.


Bugungi natijalarim

“Sensorika IT” akademiyasida olgan bilimlarim natijasida quyidagi dasturlarda ishlash ko‘nikmalarini puxta egalladim va hozirda ushbu vazifalarni mustaqil, erkin ravishda bajara olaman:


  • Microsoft Word — turli rasmiy hujjatlar va matnlar tayyorlash;
  • Microsoft Excel — jadvallar bilan ishlash va ma’lumotlarni tahlil qilish;
  • Microsoft PowerPoint — qiziqarli va professional taqdimotlar yaratish.


Kelajak maqsadlari va do‘stlar uchun qimmatli tavsiyalar

Bugungi kunda IT va narsalar interneti (IoT) texnologiyalari hayotimizning har bir jabhasiga shiddat bilan kirib bormoqda. Aqlli uylardan tortib, murakkab sanoat korxonalari va tibbiyot uskunalarigacha bo‘lgan barcha tizimlar aynan sensorlar orqali atrof-muhitni "his qiladi" hamda ma'lumot to‘playdi. Shunday ekan, ushbu jadal rivojlanayotgan sohada o‘z o‘rnini topish va zamon bilan hamnafas bo‘lish uchun aniq maqsadlarni belgilab olish hamda to‘g‘ri yo‘nalishda izlanish juda muhimdir.


admin2 3-08-2026
grade grade grade grade star_half

Fikrlar arrow_right_alt

Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив