To‘rabekov Samandarning “Sensorika IT” akademiyasidagi muvaffaqiyat tarixi
To‘rabekov Samandarning “Sensorika IT” akademiyasidagi muvaffaqiyat tarixi
Men, To‘rabekov Samandar, 2005-yilda Navoiy viloyati Nurota tumani, Istiqlol MFY, Qoraqum qishlog‘ida tug‘ilganman. 2012-yilda Yangiturmush MFY, Papanay qishlog‘idagi 9-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga o‘qishga qabul qilinib, 2023-yilda ushbu dargohni muvaffaqiyatli tamomladim.
2023-yilda Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga o‘qishga qabul qilindim. Hozirgi kunda mazkur institutning 3-kurs talabasi sifatida tahsil olmoqdaman.
IT sohasiga qadam va maqsad
Ta’lim olayotgan yo‘nalishim bank ishi bilan bog‘liq bo‘lgani sababli kompyuter savodxonligini puxta o‘rganish zarurligini angladim. Chunki bugungi kunda bank-moliya sohasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli kompyuter bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarimni oshirish maqsadida “Sensorika IT” akademiyasining “Kompyuter savodxonligi” kursida ta’lim olishni boshladim.
Ustozga ehtirom
Kurs davomida kompyuter bilan ishlashning asosiy qoidalari, hujjatlar tayyorlash, ma’lumotlar bilan ishlash hamda zamonaviy ofis dasturlaridan foydalanishni o‘rgandim. Dars jarayonlarida ustozim Hamdullayev Azizning bilim va tajribalari menga katta yordam berdi. Tushunmagan mavzularimni sabr bilan tushuntirib, bilimlarimni yanada mustahkamlashga yaqindan ko‘maklashdilar.
Bugungi natijalarim
“Sensorika IT” akademiyasida olgan bilimlarim natijasida quyidagi dasturlarda ishlash ko‘nikmalarini puxta egalladim:
- Microsoft Word — turli rasmiy hujjatlar va matnlar tayyorlash;
- Microsoft Excel — jadvallar bilan ishlash va ma’lumotlarni tahlil qilish;
- Microsoft PowerPoint — qiziqarli va professional taqdimotlar yaratish.
- Hozirda ushbu vazifalarni mustaqil va erkin ravishda bajara olaman.
Kelajakdagi maqsadlar va tengdoshlarga tavsiya
Kelajakda bank-moliya sohasida malakali mutaxassis bo‘lib yetishish, o‘z bilim va tajribamni muntazam ravishda oshirib borish hamda yurtimiz rivojiga munosib hissa qo‘shishni maqsad qilganman. Bu yo‘lda zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish va o‘z ustimda ishlashda davom etaman.
Agar siz ham kompyuter savodxonligingizni oshirishni va zamonaviy bilimlarni egallashni istasangiz, “Sensorika IT” akademiyasida ta’lim olishingizni chin dildan tavsiya qilaman. Bu maskan menga yangi bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va kelajakdagi faoliyatim uchun mustahkam poydevor yaratib berdi.
