Atoboyev Lazizbek
Men, Atoboyev Lazizbek, 2005-yilda G‘ozg‘on shahrida tug‘ilganman. 2013-yilda G‘ozg‘on shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga o‘qishga kirib, 2023-yilda ushbu dargohni oltin medal bilan tamomladim.
Shu yili Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga o‘qishga kirdim va hozirda 3-kursda tahsil olmoqdaman. 2026-yilga kelib, IT sohasiga bo‘lgan qiziqishim nihoyatda ortdi, biroq qadamni qayerdan boshlashni bilmayotgan edim. Shu sababli bu yil hayotimdagi eng muhim burilish nuqtalaridan biri bo‘ldi.
Aynan joriy yilda men “Sensorika IT” o‘quv markazida "Kompyuter savodxonligi" kursida o‘qishni boshladim. Bu kurs menga nafaqat kompyuter bilan ishlashni, balki zamonaviy texnologiyalar olamiga ilk qadamlarni qo‘yishni ham o‘rgatdi. Darslarni o‘zlashtirishda menga ustozim Hamdullayev Aziz yaqindan yordam berdilar. Tushunmagan mavzularimni qayta-qayta so‘rardim, ustozim esa erinmasdan takror tushuntirardilar. Bu maskanga kelganimdan so‘ng, dunyoqarashim ham ancha kengaydi. Bunda “Sensorika IT” o‘quv markazi hamda Hamdullayev Aziz ustozimning xizmatlari kattadir.
Ularning bergan bilimlari tufayli hozirgi kunga kelib Word, Excel va PowerPoint kabi ofis dasturlarida ishlashni puxta o‘zlashtirdim. Endilikda nafaqat hujjatlar tayyorlash, balki taqdimotlar yaratish hamda ma'lumotlarni tahlil qilishni ham bemalol uddalay olaman.
Agar siz ham kelajagingizni zamonaviy kasblar bilan bog‘lashni istasangiz, “Sensorika IT” o‘quv markaziga kelib o‘qishni tavsiya qilaman. Men esa o‘z ustimda ishlashdan to‘xtab qolmayman. IT sohasiga bo‘lgan qiziqishim orqali kelajakda yetuk dasturchi bo‘lib, yurtimga xizmat qiladigan malakali mutaxassis bo‘lib yetishaman.
