img

O'quv markazimizga raqamlashtirish vazirligi tashrifi



Raqamli texnologiyalar vazirligi Navoiy viloyati hududiy sho‘basi hamda Raqamli ta‘limni rivojlantirish markazi, IT-Bilim markazi bilan hamkorlikda "Sensorika" MCHJ ga tashrif buyurishdi.



Uchrashuvda "Sensorika" MCHJ Kompyuter savodxonligi, Frontend, Python, 3DsMax yo`nalishi o`quvchilari bilan suhbat o`tkazildi. O`quvchi-yoshlarga xalqaro IT sertifikatlarini olish imkonini beruvchi Amerikaning Coursera ta’lim platformasining o‘quv kurslari, boshqa turdosh kurslardan farqi va afzalliklari hamda xalqaro IT-sertifikatlarga ega bo‘lgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun IT-sertifikat xarajatlarning 60 foizigacha bo‘lgan qismini davlat tomonidan qoplab berish tartibi bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berildi.



Bundan tashqati IT-Bilim markazi tomonidan yoshlarning bilim olishlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar bo‘yicha tegishli mutaxassislar tomonidan qiziqarli va muhim ma‘lumotlar berib o‘tildi.



Uchrashuvda o`quvchilarga hayotda va biznesning turli sohalarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar tushuntirildi.



Uchrashuv jarayonida iqtidorli talabalar nafaqat o‘z malakalarini oshirish, balki innovatsion g‘oya va loyihalar orqali dunyoqarashini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

admin 24-04-2024
grade grade grade grade star_half

Yangiliklar arrow_right_alt

Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив