“Mening farzandim - IT mutaxassisi” mavzusida suhbat bo’lib o’tdi
Navoiy viloyati Ichki Ishlar Boshqarma binosida “Mening farzandim - IT mutaxassisi” mavzusida suhbat bo’lib o’tdi. Ishtirokchilar IIB xizmatchilari hamda “SENSORIKA” IT-o’quv markazi rahbariyati bilan kelajak kasblarini yosh avlodga o’rgatish, uning mamlakat istiqboli uchun naqadar kerakli ekanligi borasida fikr almashib, “SENSORIKA” IT-o’quv markazida mavjud IT-kurslar va yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi. Soha xodimlari o’zlarini qiziqtirgan savollarni berishib farzandlarini sifatli ta’lim olishi uchun “SENSORIKA” IT-o’quv markazi kurslariga yozdirish istagini bildirishdi.

