Onkologiya va Radiologiya Ilmiy-Amaliy Tibbiyot Markazida!
“SENSORIKA” IT-o’quv markazi rahbariyati "Respublika Ixtisoslashtirilgan Onkologiya va Radiologiya Ilmiy-Amaliy Tibbiyot Markazi" Navoiy viloyati filialiga tashrif buyurishib, tibbiyot xodimlariga o'quv markazida mavjud zamonaviy IT-kurslari haqida ma'lumotlar berishdi. O'z navbatida xodimlar ham "kompyuter savodxonligi" kurslariga qiziqish bildirishib, suhbat mavzusiga oid savollar berishdi. Bir nechta shifokorlar esa farzandlarining allaqachon "SENSORIKA" IT-o'quv markazi "dasturchilik" kurslarini tamomlab, yuqori natijalarga erishganliklarini, Xalqaro IT-sertifikatni qo'lga kiritganlar esa o'qish xarajatlarining 60-100% miqdori qoplab berilganligini quvonch bilan ta'kidlashdi.




