img

Bir million oʻzbek dasturchilari-2024 g'olibi bo'ldik!



29-noyabr kuni Toshkent shahridagi INHA universitetida  “Bir million oʻzbek dasturchilari-2024” konferensiyasi bo'lib o'tdi.  Unda "Coursera" onlayn taʼlim platformasi bilan hamkorlikda kelgusi 2 yilda rejalashtirilgan ishlar yuzasidan taqdimot qilindi. 

Tadbir davomida "SENSORIKA" IT-o'quv markazi "Coursera"da oʻqish imkoniyatini beruvchi 250 mln so'mlik VAUCHER bilan taqdirlandi.

Coursera — bu onlayn ta’lim platformasi bo‘lib, dunyoning eng nufuzli universitetlari va tashkilotlaridan kurslar, sertifikatlar va darajali dasturlarni taklif etadi. Bu platforma orqali IT’ning turli sohalari bo‘yicha bilim olish, yangi ko‘nikmalarni rivojlantirish va kasbiy mahoratni oshirish mumkin.

admin 30-11-2024
grade grade grade grade star_half

Yangiliklar arrow_right_alt

Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив