img

Men va IT: Orzular sari ilk qadam

     Men va IT: Orzular sari ilk qadam:
     Mening ismim Aziz, 19 yoshdaman. Hozirda Sensorika IT o‘quv markazida tahsil olaman. Yoshligimdan texnologiyalarga qiziqib kelganman, lekin IT sohasiga kirib kelishim oson bo‘lmagan. Chunki atrofimdagilar va ko‘plab yaqinlarim boshqa kasb bilan shug‘ullanishni maslahat berishgan, hatto qarshilik ham qilishgan. Ammo men o‘z qiziqishim va maqsadimdan kechmadim. Menimcha, inson hayotda o‘z maqsadini anglashi juda muhim.
     Inson maqsadini faqat undan keladigan daromad yoki uning oson yoki qiyinligiga qarab emas, balki qiziqishlari va dunyoqarashidan kelib chiqqan holda tanlashi kerak, deb o‘ylayman. Shu sababli, men o‘z maqsadimni topdim.

     “Sensorika IT” o‘quv markaziga qanday keldim?

     IT sohasi bo‘yicha bilim olishni qayerdan boshlashni bilmay, ko‘p izlandim. Do‘stlarim va ijtimoiy tarmoqlar orqali “Sensorika IT” o‘quv markazi haqida eshitdim va bu yerga kelib, ijobiy va do‘stona muhitning guvohi bo‘ldim. Tahsil ola boshlagach, HTML, CSS va jаvascript kabi texnologiyalarni o‘rganishga kirishdim. Har bir yangi dars menga yangi imkoniyatlar ochayotganini his qildim. Birinchi marta o‘zim mustaqil sayt yaratganimda, o‘zimni xuddi haqiqiy dasturchidek his qildim.

     Qiyinchiliklar va yutuqlar:
     Albatta, o‘rganish jarayonida qiyinchiliklarga duch keldim. Ba’zida kod xato ishlaydi, ba’zida tushunish qiyin bo‘ladi. Lekin sabr bilan harakat qilganim sari natijalar yaxshilanib bordi. Eng katta motivatsiyam – o‘zimning rivojlanishimni ko‘rish va kelajakdagi maqsadlarim sari qadam tashlash edi.

     Kelajakdagi  rejalarim:
     IT sohasida yanada chuqurroq bilim olishni maqsad qilganman. Front-end va back-end dasturlashni mukammal o‘zlashtirib, yirik loyihalarda ishlashni xohlayman. Shuningdek, kelajakda o‘zim ham boshqalarga yordam berib, IT sohasiga qiziqqan yoshlarga o‘z bilimlarimni ulashish niyatidaman.

     Bu yo‘lda “Sensorika IT” o‘quv markazi menga katta yordam berdi va haligacha qo‘llab-quvvatlamoqda. Agar siz ham IT sohasiga qiziqsangiz, hech ikkilanmay harakat qiling! Texnologiyalar bizning kelajagimiz va bu kelajakni biz yaratamiz!



admin 7-02-2025
grade grade grade grade star_half

Yangiliklar arrow_right_alt

Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив