img

8 mart bayrami munosabati bilan “Sensorika IT”o’quv markazi rahbariyatining tabrigi

Aziz va munis onaxonlar va dilbar opa-singillar! 
     Biz bilan doimo birga bo’lgan barcha muxtarama ayollar hamda go‘zal qizlar! Bugun biz haqli ravishda Sizlarni barchangizga nafis bahor, muhabbat, go‘zallik, latofat va mehr ramzi bo‘lgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin? deymiz!

     Alloh Odam Atoga hamroh qilib momo Havvoni yaratibdiki yer yuzida hayot bor. Siz aziz ayollar esa ushbu hayotning boshlanishi, bahorisiz….
Zero ayolni bahorga, bahorni esa ayolga qiyoslashadi. Zotan o‘lkamiz uzra muattar sepini yoya boshlagan bahorning ilk kunlari aynan xotin-qizlar bayrami bilan  boshlanishi ham o’ziga yarasha ramziy ma’no kasb etadi. Ayoli bor oila qut-barakali, fayzli va tarovatli bo‘ladi. Yangi O’zbekistonimiz ham, yashab turgan jamiyatimiz ham ayol bilan go‘zaldir.

Aziz muhtarama onalarimiz, opa-singillarimiz!
     Barchalaringizni yer sharining barcha nuqtalarida keng miqyosida nishonlanib kelinayotgan 8 – mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy qutlab, Sizlarga jamoamiz nomidan sihat-salomatlik, oilalaringizda to‘kin-sochinlik, baxt-saodat, shodu- hurramlik, sharafli ishlaringizda yangidan-yangi zafarlar tilab qolamiz. “Sensorika IT” o’quv markazi doimo siz bilan! Sizlarga informatsion texnologiyalarning har qanday yangiliklarini har doim o’rgatishga va siz bilan hamkorlik qilishga tayyormiz. Tashrif buyuring, e’tirofimizga sazovor bo’ling!
Ayollik baxti, bekalik taxti, onalik martabasi Sizlarga hamisha hamroh bo‘lsin, deymiz!

Sizlarni kirib kelgan 8 – mart Halqaro Xotin – qizlar bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etar ekanmiz, Siz baxtimizga doim bor bo’ling deb tilaklarimizni izhor etamiz. Siz bor xonadonda fayz bor, baxt bor, mehr bor. Sizlarga ayollk baxti, sog’lik va bahoriy kayfiyat doimiy hamroh bo’lsin. Sizlar doimo ardog’imizdasiz!
 
Bugun hamma hursand ochiq ko’ngillar,
Bayramning shodligidan yayraydi dillar.
qo’limda siz uchun bu atirgullar,
bayramingiz muborak aziz ayollar,
baxtimizga omon bo’ling ayollar.
 
Hurmat va samimiy ehtirom bilan mart bayrami munosabati bilan “Sensorika IT” o’quv markazi rahbariyati.
 

admin 6-03-2025
grade grade grade grade star_half

Yangiliklar arrow_right_alt

Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив