21-mart Navro`z bayrami munosabati bilan “Sensorika IT” o’quv markazi rahbariyatining tabrigi!
Hurmarli do’stlar!
Sizlarni barchangizni nafosat va go’zallik ramzi bo’lgan – Navro`z ayyomi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
O’lkamizga biz orziqib kutgan go’zal va dilbar fasl bahor nafasi ufurmoqda, tabiat uygʻonib, jannatmakon yurtimizga biz sogʻinib kutgan Navroʻzi olam kirib kelmoqda. Tabiat o’zgacha tarovat kasb etib, har bir xonadonga olam-olam quvonchni yetaklab kirmoqda.
“Sensorika IT” o’quv markazi rahbariyati va ahil jamoasi Sizlarni ushbu betakror ayyom bilan qizg’in muborakbod etadi. Kirib kelgan yahgi yilimizning qadami qutlug’ bo’lsin, serbaraka yil bo’lsin, har biringizni hayotingiz bahor faslidek go’zal, faravon va betakror bolsin.
Navro’z qadim qadriyatlar tarovatini, Navro’z -bu yangi kun, yangi faslning boshlanishi. Shunday ekan yangi yilimiz har birimizning hayotimizga faqat va faqat yaxshi yangiliklar kirib kelsin.
Navro’z shukuhi doimo qalbimizni quvonchga to’ldiradi, negaki bu bayramda juda ko’p xursandchiliklar bo’ladi. Go’zal qiz-ayollarimiz milliy kiyimlar kiyishadi, qizaloqlar chechaklarni sochlariga taqishlari ham o’zgacha bir tarovat baxsh etadi. Ayniqsa Navro’zda varrak uchirish, arqon tortish, ko`pkari, kurash, tez aytish, besh tosh, tosh ko’tarish kabi bir qator azaliy o’yinlarni o’zida aks ettirgan ommaviy tadbirlar, Sumalak sayli, tabiat qo’yniga yurtimiz bo’ylab sayyohatlarning tashkil etilishi har birimizga ko’tarinki ruh va a’lo kayfiyat bag’ishlaydi .Bahorda kun va tunning uzunligini tenglashadi, dehqonlarimiz uchun yangi mavsum boshlahadi. Ular ekinlarni ekish oldidan yil qutlug’ kelishi, suv serob bo’lishi, hosil mo`l bo’lishligini so’rab duoga qo’l ochishadi.
Shu tarovatli kunlarda qalblarimizni quvonchlarga to’ldirib, ming yillar davomida maʼnaviy hayotimizning koʻrku ziynati boʻlib kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram barchamizga muborak bo’lsin!
Bugun qalblarimizga cheksiz quvonch va zavq bagʻishlashlayotgan yangi yilimiz fayzli, omadli, barakali bo’lib kirib kelsin, Navro’z shukuhi, nuri-ziyosi qalblarimizni poklab, barchamizni yaxshi va ezgu ishlarga undasin. Har biringizni yangi reja va maqsadlaringiz amalga oshishini nasib etsin.
Boy tarixga ega sharqona yangi yilimiz har birlaringizni xonadonlaringizga tinchlik, fayzu baraka, xotirjamlik, sog’lik,omad, baxt olib kelsin!
Hurmat va samimiy ehtirom bilan “Sensorika IT” o’quv markazi rahbariyati.