Men Ramazonova Mohina
Men Ramazonova Mohina 2007-yilda tug‘ilganman. 2024-yil yanvar oyidan boshlab “Sensorika IT” o‘quv markazida o’qiy boshladim va hozirda o‘qishimni davom ettiryapman. Bu o’quv markaz menga kelajakdagi orzularim sari yo‘l ochish uchun ulkan imkoniyat berdi.
IT sohasini birinchi kompyuter savodxonligi kursidan boshladim. Bu kurs menga kompyuterning asosiy tushunchalarini, dasturlardan foydalanishni va internet imkoniyatlaridan unumli foydalanishni o‘rgatdi. Eng muhimi, bu kurs orqali men birinchi daromadimni topdim. Kwork va Canva kabi platformalarda ishlashni o‘rganib, loyihalar ustida ishlashni boshladim. Kursni muvaffaqiyatli tugatganim uchun maxsus sertifikat bilan taqdirlandim, bu esa meni yanada ilhomlantirdi.
Keyinchalik, 3DS Max dasturida 3DS modellashtirish, dizayn va grafik yaratish bo‘yicha o’qiy boshladim. 3DS modellashtirish kursi davomida dunyoqarashim ancha kengaydi – men oddiy tasvirlardan tashqariga chiqib, har qanday buyumni uch o‘lchamli formatda tasavvur qilish va yaratish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Bu yo‘nalish orqali inson cheksiz imkoniyatlarga ega bo‘ladi: arxitektura dizayni, o‘yin grafikalari, animatsiya va boshqa ko‘plab sohalarda ishlash mumkin. Kelajakda men 3DS modellashtirish bo‘yicha o‘z loyihalarimni yaratib, katta proyektlarda ishtirok etish va bu sohada daromad topish niyatidaman.
Hozirda esa Python dasturlash tili bo‘yicha o’qib kelmoqdaman. Python kuchli dasturlash tillaridan biri bo‘lib, u orqali sun’iy intellekt, avtomatlashtirish, veb-sayt yaratish va ma’lumotlarni qayta ishlash kabi ko‘plab yo‘nalishlarda ishlash mumkin. Python menga algoritmik yondashuv kabi muhim ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beryapti. Kurs davomida turli real loyihalar ustida ishlayapman. Kelajakda innovatsion dasturlar va foydali veb-loyihalar yaratishni maqsad qilganman.
IT – Cheksiz imkoniyatlar dunyosi
Men uchun IT sohasi – bu shunchaki kasb emas, balki cheksiz imkoniyatlar dunyosi. Ushbu soha bilan inson doim rivojlanib borishi mumkin! IT olamida har kuni yangi bilimlar, yangi imkoniyatlar va yangi cho‘qqilar bor.
“Sensorika IT” o‘quv markazi menga bu sohada yanada o’zimni rivojlantirish uchun ko’nikma va bilimlar bergani uchun raxmat.