Assalomu alaykum! Mening ismim Ne’matullo
Assalomu alaykum! Mening ismim Ne’matullo, yoshim hali katta bo‘lmasa-da, orzularim katta, maqsadim esa aniq: buyuk dasturchi bo‘lish. Hozirda men “Sensorika IT” o‘quv markazida Frontend yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olyapman va dasturlashga bo‘lgan qiziqishim kun sayin oshib bormoqda.
Texnologiyalar olami men uchun shunchaki dars emas – bu mening sevimli mashg‘ulotim, orzum va kelajagimdir. Ilk qadamlarimni “Kompyuter savodxonligi” kursi orqali boshladim. Word, Excel, PowerPoint va Canva dasturlarida ishlashni o‘rganib, oddiy foydalanuvchidan ijodiy fikrlaydigan texnologga aylandim.
Bu yutuqlar meni to‘xtatmadi. Aksincha, ilhomlantirdi. Ustozlarimning yordamida Kwork kabi freelancing platformalarini o‘rganib chiqdim, hatto ilk buyurtmalarimni olishga harakat qildim. Bu menga haqiqiy hayotda ishlash va xizmat ko‘rsatish tajribasini berdi.
Hozirda men Web dasturlash, xususan, HTML, CSS va jаvascript asoslarini o‘rganmoqdaman. Frontend loyihalarimni yaratib, ularni internetga joylashtirganimda, o‘z mehnatim natijasini ko‘rib quvondim. Bu motivatsiya menga kuch, ishonch va yana-da yuqoriga intilish berdi va hozirda Frontend kursini yana chuqurroq o'rganish maqsadida 6 oydan keyin yana qo'shimcha 2oy o'qishga qaror qildim. Qo'shimcha 2oylikda ReactJS asoslarini o'rganib, loyihalarimni yanada mukammal qilishga harakat qilmoqdaman.
Shuningdek, men Python dasturlash tiliga ham jiddiy qiziqib, chuqurroq o‘rganishni boshlaganman. Python orqali sun’iy intellekt, avtomatlashtirish va kiber xavfsizlik kabi yo‘nalishlarga qiziqishim oshgan. Maqsadim – faqatgina kod yozish emas, balki muammo yechadigan, jamiyatga foyda keltiradigan professional dasturchi bo‘lish.
Men bilaman: hozirgi harakatlarim – kelajakdagi yutuqlarimning poydevori. Shuning uchun har kuni o‘z ustimda ishlashni davom ettiraman. Axir, texnologiya – bu kelajakning tili, men esa shu tilda gapirishni tanlaganman.