Soyibov Sardorbekning orzulari va natijalari!
Mening ismim Soyibov Sardorbek Yoshim 15 da. Hozirdan katta maqsadlar sari harakat qilmoqdaman. Orzuim — O‘zbekistonning eng kuchli dasturchilaridan biriga aylanish va texnologiyalar orqali jamiyatga foyda keltirish.
Bu yo‘ldagi ilk qadamlardan biri “Sensorika IT” o‘quv markazida tahsil olishim bo‘ldi. Dastlab Kompyuter savodxonligi kursida qatnashdim. Word, Excel, PowerPoint va boshqa dasturlar bilan ishlashni o‘rgandim. Har bir dars hayotimda yangi imkoniyatlarga eshik ochdi.
Shundan so‘ng Front-end dasturlash yo‘nalishiga o‘tdim. HTML, CSS, jаvascript asoslarini o‘zlashtirdim va o‘z loyihalarimni yaratishni boshladim. Amaliyot davomida eng esda qolarli ishlardan biri bu — "Beruniy Davlat-xususiy sherikchilik maktabi (DXShM)" uchun rasmiy veb-sayt yaratish bo‘ldi. Ushbu loyiha menga dizayn, funksionallik, foydalanuvchiga qulaylik va mijoz bilan ishlash tajribalarini berdi.
Shuningdek, Python dasturlash tilini ham o‘rgandim. Hozirda sun’iy intellekt, avtomatlashtirish va foydali servislar yaratishga qiziqib, o‘zimning mustaqil startap loyihalarim ustida ishlamoqdaman.
Bu yutuqlarga erishishimda “Sensorika IT” o‘quv markazi katta rol o‘ynadi. Ustozlarimning qo‘llab-quvvatlovi, amaliyotga asoslangan ta’lim va zamonaviy metodlar tufayli IT olamida o‘z yo‘limni aniq belgilab oldim.
Men ishonaman: bugungi harakatlarim ertangi yutuqlarim poydevori bo‘ladi. Har kuni o‘z ustimda ishlashda davom etaman, chunki texnologiya — bu kelajakning tili, men esa shu tilda so‘zlashni tanlaganman.