img

Men Salimov Javohir

    


     Men Salimov Javohir. "Sensorika IT" o‘quv markazida IT sohasida chuqur bilimlarga ega bo‘ldim. Ushbu markazda ta’lim olish hayotimda katta burilish yasadi — men oddiy kompyuter foydalanuvchisidan haqiqiy dasturchiga aylandim.

     Dastlab kompyuter savodxonligi kursidan boshladim. Bu bosqichda Word, PowerPoint, Microsoft Excel kabi dasturlar bilan ishlashni, shuningdek YouTube va Kwork kabi veb-saytlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanishni o‘rgandim.

     Keyinchalik Frontend, Backend, Python va Data Science yo‘nalishlarida ta’lim olib, dasturlash bo‘yicha chuqur tushunchaga ega bo‘ldim. O‘qish davomida ustozlarim ko‘magida turli veb-saytlar yaratdim, veb-dizayn bilan shug‘ullandim, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash va sun’iy intellekt modellarini yaratish ko‘nikmalarini egalladim.

     Ayniqsa, Frontend va Python dasturlash tillarini o‘rganish jarayonida kompyuter texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishim juda ortdi. O‘rgangan bilimlarim asosida bir nechta IT olimpiadalarida qatnashdim va faxrli o‘rinlarni egalladim.

     Bu yutuqlarga erishishimda “Sensorika IT” o‘quv markazida olgan bilim va ko‘nikmalar muhim rol o‘ynadi. Ta’lim davomida orttirgan tajriba kompyuterni yanada chuqurroq anglashimga asos bo‘ldi va orzularim sari yangi eshiklarni ochdi.

     Kelajakdagi maqsadim — o‘z startapimni yaratib, yirik loyihalarga asos solish va texnologiyalar yordamida jamiyatga foyda keltirishdir. Chet el oliy ta'lim muassasalarida IT sohasidagi bilim va ko'nikmalarimni oshirib, kelajakda O'zbekistonda axborot texnologiyalari rivojiga o'z hissamni qo‘shmoqchiman.

admin 26-07-2025
grade grade grade grade star_half

Yangiliklar arrow_right_alt

Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив