img

Men Mehmonova Malika...

     Men Mehmonova Malika Hozirda Navoiy viloyati, Navoiy shahri 10-maktabining 8-sinfida tahsil olaman. Yozgi ta’til vaqtini behuda o‘tkazmaslik, balki undan unumli foydalanish maqsadida kompyuterni mukammal darajada o‘rganishga qaror qildim. Shu niyat bilan o‘zim yashab turgan shaharda joylashgan “Sensorika IT” o‘quv markazini tanladim. Bu markazda ta’lim olishim nafaqat IT sohasidagi bilimlarimni kengaytirishga, mustahkam kasbiy poydevor yaratishga katta hissa qo‘shmoqda.

     “Sensorika IT” O‘quv Markazini tanlashimning bir qancha asosiy sabablari bor. Avvalo, markazning zamonaviy va hayotga moslashtirilgan o‘quv dasturlari, tajribali va o‘z ishiga mehr bilan yondashadigan o‘qituvchilar jamoasi meni juda qiziqtirdi. Bu yerda nazariy bilimlar faqat kitoblarda qolib ketmaydi, balki amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlanadi. Shu bois o‘rganish jarayoni tez, samarali va qiziqarli o‘tadi.  “Sensorika IT” markazi qulay va zamonaviy jihozlangan o‘quv xonalari bilan ajralib turadi. Har bir o‘quvchiga alohida kompyuter ajratilgan bo‘lib, bu esa bilimlarni mustaqil ravishda amalda sinab ko‘rish, o‘z ustida ishlash imkonini yaratadi.

     Hozirda “Sensorika IT”  markazida kompyuter savodxonligi kursini ikki oydan beri davom ettiryapman. Shu vaqt ichida kompyuter bilan ishlash bo‘yicha ko‘plab yangi bilimlarga ega bo‘ldim. Ayniqsa, mening ustozim Hasanov Javlonbek menga juda ko‘p narsalarni o‘rgatdilar. Ustozimning saboqlari tufayli bugungi kunda Word, Excel, PowerPoint va shunga o‘xshash dasturlarda mukammal ishlashni o‘rgandim. Shu bilimlarga tayangan holda hozirda freelancerlar uchun mo‘ljallangan saytlar orqali o‘z daromadimni topyapman. Bu esa menga yoshligimdan boshlab o‘z mustaqil moliyaviy yo‘limni boshlashga katta yordam bo‘lyapti. Kursni tugatgach, Python dasturlash tilini ham chuqurroq o‘rganishni maqsad qilganman.
     Men “Sensorika IT” o‘quv markazini tanlaganimdan juda mamnunman. Bu markaz nafaqat o‘qitadi, balki kelajakdagi rejalaringizni amalga oshirishga, texnologiyalar olamiga dadil kirib borishga imkon yaratadi. O‘ylaymanki, bu yerda o‘qishim oddiy kurs emas, balki katta imkoniyatlarga ochiladigan eshikdir.

Agar siz ham IT sohasida o‘z o‘rningizni topmoqchi bo‘lsangiz, zamonaviy kasbni egallab, o‘z g‘oyalaringizni texnologiyalar orqali amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, “Sensorika IT” o‘quv markazi siz uchun eng to‘g‘ri tanlov bo‘la oladi. Men o‘z yo‘limni topdim — sizchi?     

   
 

admin 28-07-2025
grade grade grade grade star_half

Yangiliklar arrow_right_alt

Comments ({comments-num})

avatar
saydullayev Ozodbek 2 августа 2025 18:38

zor nechinchi guruhda oqiyabsan 

img

Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив