Sun’iy intellekt loyihalarini moliyalashtirish yanada kengaytiriladi!
Sun’iy intellekt loyihalarini moliyalashtirish yanada kengaytiriladi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori (PQ–320-son, 30.10.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorning asosiy maqsadi:
ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan ustuvor va startap loyihalarni keng ko‘lamda moliyalashtirishdir.
Qarorga muvofiq:
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 2026–2027 yillarda qo‘shimcha 100 million AQSh dollari ajratiladi.
Mablag‘lar quyidagicha taqsimlanadi:
- 50 mln dollar — davlat organlari va tashkilotlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun beg‘araz asosda;
- 50 mln dollar — “Fondlar fondi” va “IT Park Ventures” venchur jamg‘armalari ustav kapitaliga kiritilib, sun’iy intellekt startaplarini qo‘llab-quvvatlash uchun.
Mablag‘larni taqsimlash “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi orqali amalga oshiriladi.