SENSORIKA” IT-o‘quv markazining yana bir o'quvchisi yuqori natija qayd etdi!

Navoiy viloyatida o‘tkazilgan asosiy fan olimpiadasining uchinchi — hududiy bosqichida “SENSORIKA” IT-o‘quv markazi o`quvchisi yana bir bor yuqori natija qayd etdi! 🌟
Markazimizda tahsil olayotgan 19-maktabning, 10-sinf o‘quvchisi Amrullayev Azizbek To‘ymurod o‘g‘li 👨💻 informatika fanidan chuqur bilim, mustahkam mantiqiy fikrlash hamda algoritmik tafakkurini namoyon etib, III darajali DIPLOM 🏅 bilan taqdirlandi.
Mazkur nufuzli fan olimpiadasi 🧠 Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda viloyat bo‘ylab eng iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi. Kuchli raqobat, murakkab masalalar va yuqori talablar sharoitida Azizbek o‘z bilim va salohiyatini munosib tarzda namoyish eta oldi 🔥
💡 Ushbu yutuq:
o‘quvchining tinimsiz mehnati
ustozlarning fidokorona sa’y-harakatlari 👨🏫
“SENSORIKA” IT-o‘quv markazida yaratilgan zamonaviy va sifatli ta’lim muhitining yaqqol samarasidir.
Markazimizda yoshlarni IT sohasi 💻, dasturlash, mantiqiy va algoritmik fikrlashga tayyorlash, shuningdek fan olimpiadalari va turli tanlovlarda faol ishtirok etishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Har bir o‘quvchimizning yutug‘i — biz uchun katta faxr! 🌈
🎯 Amrullayev Azizbekka kelgusida yanada katta marralar, yangi g‘alabalar va yuqori bosqichlarda omad tilaymiz!
🚀 “SENSORIKA” IT-o‘quv markazi esa kelajak IT mutaxassislarini yetishtirish yo‘lida ishonch bilan faoliyatini davom ettiradi!