img

Sensorika IT-o‘quv akademiyasi xodimi tomonidan axborot xavfsizligi va mediasavodxonlik bo‘yicha seminar o‘tkazildi

     Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 11-sonli Jazoni ijro etish muassasasida axborot xavfsizligi va mediasavodxonlik mavzusida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

     Mazkur tadbirda Sensorika IT-o‘quv akademiyasi xodimi Arziyev Dilshod Rustamovich muassasa xodimlariga axborot xavfsizligini ta’minlash, internet va raqamli texnologiyalardan xavfsiz foydalanish hamda mediasavodxonlikning kundalik hayotdagi ahamiyati haqida tushuncha berdi.

     Tadbir davomida zamonaviy axborot makonida uchraydigan turli xil tahdidlar, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, kuchli parollardan foydalanish, shubhali havolalar va xabarlarni aniqlash, internetdagi yolg‘on va ishonchsiz axborotlarni farqlash kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

     Shuningdek, ishtirokchilarga mediasavodxonlik — axborotni tanqidiy tahlil qilish, uning manbasini tekshirish va ishonchli ma’lumotni noto‘g‘ri yoki yolg‘on axborotdan ajrata olish ko‘nikmasi ekanligi tushuntirildi.

     Bugungi raqamlashtirish jarayonida axborot xavfsizligi va mediasavodxonlik ko‘nikmalariga ega bo‘lish har bir xodim uchun muhim hisoblanadi. Chunki axborotdan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish nafaqat shaxsiy ma’lumotlarni, balki tashkilotning axborot resurslarini ham himoya qilishga xizmat qiladi.

     Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda axborot xavfsizligi bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan tanishdilar.

     Sensorika IT-o‘quv akademiyasi tomonidan bunday ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishdan asosiy maqsad — jamiyatda raqamli savodxonlikni oshirish, zamonaviy texnologiyalardan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirish va axborot xavfsizligi bo‘yicha bilimlarni keng targ‘ib qilishdir.



admin2 18-08-2026
grade grade grade grade star_half

Yangiliklar arrow_right_alt

Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив