img

Baxodirova Sevinch qizimiz yutuqlari!

Men Sevinch Baxodirova, 18 yoshdaman va Toshkent Xalqaro Westminster universitetida tahsil olaman. Yoshligimdan beri axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishim meni IT sohasiga yetakladi. Shu sababli, Sensorika o'quv markazida backend yo'nalishi bo'yicha o'qishni boshladim.


     O'qish davomida dasturlashga oid zaruriy bilim va ko'nikmalarni egalladim hamda turli xil web dasturlar yaratishga muvaffaq bo'ldim. O'z ustimda tinimsiz ishlash va intilish natijasida Michigan universiteti va Google kompaniyasi tomonidan berilgan sertifikatlarga ega bo'ldim.


     Sensorika IT o'quv markazida 6 oylik Python kursini muvaffaqiyatli tamomladim. Ushbu kurs davomida xalqaro sertifikatlarni qo'lga kiritdim. Bu sertifikatlar menga katta imkoniyatlar ochib berdi. Sertifikatga ega bo'lganligim sababli o'qish xarajatlarimning 60% qoplab berildi. IELTS sertifikatiga ega bo'lganim uchun esa to'liq 100% o'qish xarajatlari qoplandi.


     Kelajakda IT sohasida yanada chuqur bilim va tajriba orttirib, yirik loyihalarda ishtirok etishni va o'z startapimni yo'lga qo'yishni maqsad qilganman. Axborot texnologiyalari olamida o'z o'rnimni topishga intilaman.


admin 16-01-2025
grade grade grade grade star_half

Fikrlar arrow_right_alt

Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив