img

Men Baxodirov Axror. Yoshim 19da

      Men Baxodirov Axror. Yoshim 19da va  Toshkent ijtimoiy innovatsiya universitetida 2kurs talabasiman .
"Sensorika IT" o‘quv markazida IT sohasida chuqur bilimlarga ega bo‘ldim. Ushbu markazda ta’lim olish hayotimda katta burilish yasadi — men oddiy kompyuter foydalanuvchisidan haqiqiy dasturchiga aylandim.
 
     Dastlab kompyuter savodxonligi kursidan boshladim. Bu bosqichda Word, PowerPoint, Microsoft Excel kabi dasturlar bilan ishlashni, shuningdek YouTube va Kwork kabi veb-saytlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanishni o‘rgandim.
 
     Keyinchalik Frontend, yo‘nalishda ta’lim olib, dasturlash bo‘yicha chuqur tushunchaga ega bo‘ldim. O‘qish davomida ustozlarim ko‘magida turli veb-saytlar yaratdim, veb-dizayn bilan shug‘ullandim, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash va sun’iy intellekt modellarini yaratish ko‘nikmalarini egalladim.
 
     Ayniqsa, Frontend va  dasturlash tilini o‘rganish jarayonida kompyuter texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishim juda ortdi.
 
     Bu yutuqlarga erishishimda “Sensorika IT” o‘quv markazida olgan bilim va ko‘nikmalar muhim rol o‘ynadi. Ta’lim davomida orttirgan tajriba kompyuterni yanada chuqurroq anglashimga asos bo‘ldi va orzularim sari yangi eshiklarni ochdi.
 
     Kelajakdagi maqsadim — o‘z startapimni yaratib, yirik loyihalarga asos solish va texnologiyalar yordamida jamiyatga foyda keltirishdir. Chet el oliy ta'lim muassasalarida IT sohasidagi bilim va ko'nikmalarimni oshirib, kelajakda O'zbekistonda axborot texnologiyalari rivojiga o'z hissamni qo‘shmoqchiman.


 

admin 20-08-2025
grade grade grade grade star_half

Fikrlar arrow_right_alt

Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив