img

Men Razzoqov Javohirman

    Men Razzoqov Javohirman. Hozirda Navoiy viloyati, Navoiy shahri 19-maktabining 10-sinfida o‘qiyman. Yozgi ta’til vaqtini behuda o‘tkazmaslik, balki undan unumli foydalanish maqsadida kompyuter sohasini chuqur o‘rganishga qaror qildim. Shu maqsadda o‘zim yashab turgan shaharda joylashgan "SENSORIKA" IT-o`quv markazini tanladim. Bu markazda o‘qishim nafaqat IT bo‘yicha bilimlarimni kengaytirishga, balki kelajakda mustahkam kasbiy poydevor yaratishga katta yordam bermoqda.

    "SENSORIKA" IT-o`quv markazini tanlashimning asosiy sababi — bu markazning O‘zbekistondagi eng zo‘r ta’lim maskanlaridan biri ekanligidir. Markazda tajribali, o‘z ishiga mehr bilan yondashadigan ustozlar dars berishadi. O‘quv jarayonida o‘qituvchilarning tushuntirish uslubi juda yoqimli va tushunarli bo‘lgani uchun bilimlarni tez va samarali o‘zlashtirish mumkin. Bu yerda nazariy darslar amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, har bir o‘quvchi o‘rganganlarini amalda sinab ko‘rish imkoniga ega.


    Hozirga qadar men kompyuter savodxonligi kursini muvaffaqiyatli tugatdim. Shu vaqt ichida kompyuter bilan ishlash, dasturlarni o‘rganish va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldim. Ayniqsa, ustozlarim Nurmuhammad va Hamdullaev Aziz ustoz menga bu sohaga oid deyarli barcha asosiy bilimlarni o‘rgatdilar. Ularning saboqlari natijasida men Word, Excel, PowerPoint kabi dasturlarda bemalol ishlay olaman.

    Hozirda esa men Frontend yo‘nalishida ta’lim olyapman. Bu kurs orqali saytlar tuzish, dizayn bilan ishlash va web-dasturlash sohasida o‘z bilimlarimni yanada boyitmoqdaman.

    Men "SENSORIKA" IT-o`quv markazidani tanlaganimdan juda mamnunman. Bu markaz nafaqat o‘qitadi, balki har bir o‘quvchining orzularini amalga oshirishiga, IT sohasida o‘z o‘rnini topishiga yo‘l ochib beradi.

    Kelajakda men ham kuchli dasturchi bo‘lib, O‘zbekiston texnologiyalar sohasining rivojlanishiga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman.

admin 12-11-2025
grade grade grade grade star_half

Fikrlar arrow_right_alt

Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив