Kompyuter sohasida yetuk - mutaxassis bo‘lish.
Men - Qavunbayev Nurasylbek 2003 - yil 9 - avgustda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Yanbashqala shahrida tug‘ilganman. Har bir insonning hayotida o‘z orzusi xamda maqsadi bo‘ladi.
Orzu – insonni yuksak cho‘qqilarga eltuvchi, hayotga ishonch bag‘ishlovchi buyuk kuchdir. Men ham bolaligimdan orzuyimga ishonib, unga intilib kelaman. Kichkinaligimdan yangi narsalarni o‘rganishga, texnika va zamonaviy qurilmalarga qiziqishim katta bo‘lgan. Har bir narsaning qanday ishlashini bilishga doimo qiziqqanman.
Men 2021–2022 yillarda Navoiy davlat pedagokiga institutiga matematika–informatika yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirdim. Bu mening ta’lim yo‘limdagi muhim bosqich bo‘ldi. O‘sha davrda men o‘z qiziqishimni aniq yo‘nalishga yo‘naltirdim va kelajakda shu soha mutaxassisi bo‘lishga bo‘lgan ishonchim yanada kuchaydi. Hozirda men o‘z orzuyimni amalga oshirish yo‘lida qat’iy qadamlar bilan harakat qilmoqdaman.
Bugungi kunda men "Sensorika - IT" o'quv markazida tahsil olib, yangi bilim va ko‘nikmalar egallamoqdaman. Bu kurs mening hayotimda katta o‘zgarish bo‘ldi. Bu yerda men dasturlash, kompyuter tizimlari va yangi texnologiyalar haqida ko‘plab foydali bilimlarni o‘rganib, kelajagimning aniq yo‘nalishini ko‘rishni boshladim
Mening maqsadim – kelajakda ushbu sohada haqiqiy mutaxassis bo‘lib, mamlakatimiz rivojiga o‘z hissamni qo‘shishdir. Axborot texnologiyalari – bu kelajakning kaliti. Shu sababli men bu yo‘nalishda uzluksiz o‘qib, yangi loyihalar yaratib, insonlarning hayotini yengillashtiradigan dasturlar ishlab chiqishni orzu qilaman.
Albatta, bu yo‘l oson emas. Ammo men bilaman: mehnat qilib, sabr va shijoat bilan o‘qigan insongina maqsadiga erishadi. Hozirda men bir necha dasturlash tillarini o‘rganib, mantiqiy fikrlash qobiliyatimni rivojlantirmoqdaman. Men uchun orzu – bu shunchaki fikr emas, bu – hayotiy yo‘nalishdir. Har bir kunimni o‘z orzuyimni amalga oshirishga bag‘ishlayman.
"Sensorika - IT" o'quv markazi menga faqat bilim emas, balki ishonch, yangi do‘stlar va qimmatli tajriba ham berdi. Men kelajagimni ushbu ta’lim markazi bilan chambarchas bog‘liq deb bilaman. O‘z orzuyim sari intilishdan hech qachon to‘xtamayman. Chunki orzuyim mening yuragimda, yuragim aytgan yo‘l esa – eng to‘g‘ri yo‘ldir.
