img

Sensorika o‘quvchisi Toshmurodov Said frilanserlik orqali daromadga chiqdi

Sensorika o‘quvchisi Toshmurodov Said frilanserlik orqali daromadga chiqdi

Bugungi kunda IT sohasi yoshlar uchun eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Navoiy viloyati, Karmana tumani 5-sonli maktab o‘quvchisi Toshmurodov Said buning yaqqol isbotidir. U Sensorika IT-o‘quv markazida tahsil olib, frilanserlik orqali ilk daromadiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Saidjon Sensorika IT-o‘quv markazida zamonaviy IT bilimlari, onlayn platformalarda ishlash, buyurtmalar qabul qilish, mijoz bilan muloqot va mustaqil loyiha yuritish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egalladi. O‘quv jarayonida olingan bilimlar uning frilanserlik faoliyatini muvaffaqiyatli boshlashiga zamin yaratdi.

Bugungi kunda frilanserlik yoshlar orasida eng tez rivojlanayotgan daromad manbalaridan biridir. Saidjon ham ushbu imkoniyatdan to‘g‘ri foydalanib, real buyurtmalar asosida ishlashni boshladi va qisqa vaqt ichida o‘zining ilk daromadiga erishdi.

Sensorika IT-o‘quv markazi o‘quvchilarni nafaqat nazariy bilim, balki real amaliy tajriba bilan ham ta’minlaydi. Har bir dars zamonaviy metodlar asosida olib borilib, o‘quvchilarni mustaqil ishlashga va bozorga tayyorlashga qaratilgan.

Toshmurodov Saidning muvaffaqiyati Sensorika IT-o‘quv markazida berilayotgan ta’lim sifati va to‘g‘ri metodikaning natijasidir. Bugun u tengdoshlariga motivatsiya, ertaga esa O‘zbekistonning yetuk IT mutaxassislaridan biriga aylanishiga ishonch bildiramiz.

Agar siz ham IT sohasi, frilanserlik, dasturlash va zamonaviy kasblarni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, Sensorika IT-o‘quv markazi siz uchun eng to‘g‘ri tanlovdir.


admin 11-01-2026
grade grade grade grade star_half

Fikrlar arrow_right_alt

Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив