img

2 oy ichida ilk daromad: Sensorika kursi va Kwork’dagi natijam

     Men, Alibek Hikmatullayev, 15 yoshdaman. Yaqinda o‘zim uchun muhim qaror qabul qilib, Sensorika o‘quv markazida tahsil olishni boshladim. Zamonaviy kasb egallash va internet orqali mustaqil daromad topish men uchun asosiy maqsad edi.

     O‘qishni boshlaganimga atigi 2 oy bo‘lishiga qaramay, amaliy bilimlar orqali real platformalarda ishlashni o‘rgandim. Xususan, Kwork saytida xizmatlarimni joylashtirib, ilk buyurtmalarni qabul qila boshladim. Dastlab buyurtma olish jarayoni oson bo‘lmadi: mijoz bilan muloqot, topshiriqni to‘g‘ri tushunish va sifatli natija topshirish ma’lum darajada tajriba talab qiladi.

     Shunga qaramay, ustozlarim — Ozodbek ustoz, Ruslan ustoz, Umid ustoz va Asliddin ustozlarning doimiy ko‘magi, amaliy tavsiyalari va yo‘l-yo‘riqlari tufayli qiyinchiliklarni bosqichma-bosqich yengib o‘tdim. Natijada Kwork platformasi orqali 5400 rubl miqdorida daromad topishga muvaffaq bo‘ldim. Bu natija men uchun nafaqat moliyaviy yutuq, balki o‘z ustimda ishlash va mehnat qilish orqali haqiqiy natijaga erishish mumkinligining isboti bo‘ldi.

     Sensorika kursida faqat nazariy bilim emas, balki amaliy tajriba ham beriladi. Bu esa qisqa muddat ichida real natija ko‘rishga yordam beradi.

     Agar siz ham zamonaviy kasb o‘rganib, internet orqali mustaqil daromad topishni istasangiz, Sensorika o‘quv markaziga tashrif buyurishingizni tavsiya qilaman. To‘g‘ri ta’lim va ustozlar ko‘magi bilan siz ham o‘z natijangizga erishishingiz mumkin.


admin2 26-02-2026
grade grade grade grade star_half

Fikrlar arrow_right_alt

Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив