“Sensorika” IT- o‘quv markazi muvaffaqiyatli yo’lni boshlash uchun eng to’g’ri tanlov!
Mening ismim Diyorbek, men 15 yoshdaman. Hayotimda ikki asosiy qiziqishim bor “IT”- va sport sohasi. Har ikki soha menga o'z maqsadlarimga erishish uchun motivatsiya va kuch beradi, ammo “ IT”- mening hayotimda alohida o‘rin tutadi. Texnologiyalarni o‘rganish va bu sohada o‘z bilimlarimni yanada rivojlantirish men uchun katta qiziqish va ilhom manbaidir.
“IT”- sohasiga bo'lgan qiziqishim hali kichkinaligimdan boshlangan. Kompyuterlar bilan ishlashni o'rganganimdan so'ng, bu soha menga o'z imkoniyatlarimni yanada kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochganini angladim. Dasturlash, tizimlarni yaratish va texnologiyalarni o'rganish menga nafaqat bilim olishni, balki o'zimni innovatsion yechimlar yaratishda sinab ko'rishni maqsad qilganman.
Men hozirda turli dasturlash tillarini o‘rganish, web-dizayn va dasturiy ta’minot yaratish ustida ishlayapman. Har bir yangi loyiha va dastur menga muammolarni hal qilishni va yaratish jarayonida yangi g‘oyalarni amalga oshirishni o‘rgatadi. Texnologiyalar tez o'zgarib borayotgan soha bo‘lgani uchun, doimo yangi bilimlarni egallash va o‘zgarishlarga tez moslashish juda muhim.
Bundan tashqari “IT”- sohasida o‘qish va ishlash, butun dunyo bilan bog‘lanish imkonini beradi. Men turli startaplar, dasturiy ta'minot kompaniyalari va texnologik loyihalarda ishtirok etib, tajriba orttirishga intilaman. Mening orzularim – o'z texnologik startapimni yaratish va shu orqali jamiyatga yangi imkoniyatlar taqdim etish.
Boks esa, men uchun, jismoniy faollik va ruhiy kuchni rivojlantirishda yordam beradi. Bu sport turida qat'iyat va intizom juda muhim. Har bir mashg‘ulotda o‘z imkoniyatlarimni sinab ko‘rib, o‘zimni yanada kuchliroq qilishga harakat qilaman. Boksda o‘rganayotgan saboqlarim – qat'iyat, maqsadga erishish va doimiy mehnat qilish – menga “IT” - sohasida ham yordam beradi.
“IT”- sohasida va boks, bir-birini to‘ldiradi. Boksda o‘rganayotgan saboqlarimni texnologiyalarga tatbiq etaman, texnologiyalar esa o‘zimni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Har ikkala sohada ham muvaffaqiyat qozonish uchun men tinimsiz ishlashni davom ettiraman va o‘z maqsadlarimga erishish uchun yangi cho‘qqilarga intilaman.
Maqsadlarimdan birini amalga oshirishda “Sensorika” IT - o‘quv markazini tanlaganim, muvaffaqiyatli yo’lni boshlash uchun eng to’g’ri tanlov bo’lganiga ishonchim komil.
