img

Kompyuter savodxonligi – zamonaviy hayot talabi

     Men Safarova Dilnoza Toshkent Davlat Texnika Universiteti talabasiman. Bugungi tezkor rivojlanayotgan davrda kompyuter savodxonligi har bir inson uchun zaruriy ko‘nikmaga aylanib bormoqda.  Shu jumladan menga ham o’qish jarayonida va kelajakda Axborot texnologiyalari hayotimning   barcha jabhalarida kerakliligini bilgan holda , kompyuter bilimlarini puxta o‘zlashtirishni istadim  va shahrimizdagi  “Sensorika IT” o’quv markazidagi “ Kompyuter savodxonligi”   kursiga yozildim.


     Yaqinda men kompyuter savodxonligi bo‘yicha maxsus kursni muvaffaqiyatli tamomlash arafasidaman. Kurs davomida dastlabki oddiy amaliy mashqlardan tortib, hujjat tayyorlash, taqdimot yaratish, elektron pochta va internetdan samarali foydalanish kabi ko‘plab foydali bilimlarga ega bo‘ldim. Eng quvonarlisi shundaki, bu jarayon nafaqat nazariy bilim, balki doimiy amaliy mashg‘ulotlar orqali ham mustahkamlandi.
Mazkur kurs menda katta o‘zgarish bo`ldi. Avvallari kompyuterda ba’zi dasturlardan foydalanishda qiynalsam, endilikda ishonch bilan hujjatlarni qayta ishlashim, ma’lumotlarni tartibga solishim, kerakli manbalarni izlab topishim va ulardan bemalol foydalanishim  mumkin. Bu esa o‘zimni yanada zamonaviy va faol inson sifatida his etishimga turtki bo‘ldi.


    Shu o‘rinda kurs tashkilotchilariga va ustozlarga  o’z minnatdorchiligimni  bildirishni istardim. Ularning sabr-toqati, aniq va tushunarli tushuntirishlari, har bir tinglovchi o’quvchiga  individual yondashuvi tufayli o‘quv jarayoni samarali o‘tdi. Men kelasi yil ta’til vaqtida ham ushbu markazda o’qishni  niyat qildim.
Xulosa qilib aytganda, kompyuter savodxonligini o‘rganish – bugungi kun talabi. Men o‘z tajribamdan kelib chiqib, barchani imkon qadar bu ko‘nikmalarni egallashga chaqirgan bo‘lardim. Chunki raqamli dunyoda savodxon bo‘lish — ertangi kunda muvaffaqiyat garovidir.   


admin 23-08-2025
grade grade grade grade star_half

Fikrlar arrow_right_alt

Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив