Men Rashidova Mohinur 11-sinf o’quvchisiman
Men Rashidova Mohinur 11-sinf o’quvchisiman. Bugungi tezkor rivojlanayotgan davrda kompyuter savodxonligi har bir inson uchun zaruriy ko’nikmaga aylanib bormoqda. Shu jumladan menga ham o’qish jarayonida va kelajakda Axborot texnologiyalari hayotimning barcha jabhalarida kerakliligini bilgan xolda , kompyuter bilimlarini puxta o’zlashtirishni istadim va shahardagi “Sensorika IT” o’quv markazidagi “Kompyuter savodxonligi” kursiga yozildim.
Yaqinda men ” Kompyuter savodxonligi” bo’yicha maxsus kursni muvaffaqiyatli tamomlash arafasidaman. Kurs davomida dastlabki oddiy amaliy mashqlardan tortib , hujjat tayyorlash , taqdimot yaratish , elektron pochta va internetdan samarali foydalanish kabi ko’plab foydali bilimlarga ega bo’ldim . Eng quvonarlisi shundaki , bu jarayon nafaqat nazariy bilim , balki doimiy amaliy mashg’ulotlar orqali ham mustahkamlanadi.
Mazkur kurs menda katta o’zgarish bo’ldi . Avvallari kompyuterda ba’zi dasturlardan foydalanishda qiynalar edim , endilikda ishonch bilan hujjatlarni qayta ishlashim , ma’lumotlarni tartibga solishim , kerakli manbalarni izlab topishim va ulardan bemalol foydalanishim mumkin.
Shu o’rinda kurs tashkilotchilariga va ustozlarimga o’z minnatdorchiligimni bildirishni istadim . Ularning sabr-toqati , aniq va ravon tushuntirishlari, har bir tinglovchi o’quvchiga individual yondashuvi tufayli o’quv jarayoni samarali o’tadi. Men kelasi yil ta’til vaqtlariga kelib yana qayta shu yerda o’qishni niyat qildim.
Xulosa qilib aytganda , kompyuter savodxonligini o’rganish - bugungi kun talabi. Men o’z tajribalarimdan kelib chiqib , barchani imkon qadar ko’nikmalarni egallashga chaqirgan bo’lardim . Chunki raqamli dunyoda savodxon bo’lish - ertangi kunda muvaffaqiyat garovidir.
