Sensorika IT O‘quv Markazi: Yosh Dasturchining Orzular Manzili
Dasturchilik sari birinchi qadamlardan Sensorikagacha boʻlgan yoʻl
Men, Asadbek Odilov, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidanman. Yoshligimdan dasturlashga qiziqib, avvaliga mustaqil o‘rgandim, keyinchalik 9 oy davomida dasturlash kursida Front-End (HTML, CSS) bo‘yicha saboq oldim. Bu men uchun boshlanishi edi.
Telegramdagi Ustoz-Shogird kanalida Sensorika IT O‘quv markazi haqida e’lonni ko‘rib qoldim. Avvaliga mentorlik vakansiyasiga qiziqdim, biroq hardware ko‘nikmalarim yetarli emasligini sezardim.
Sensorikaga kirib kelgan ilk kunimdayoq oʻquv markaz zamonaviy IT atmosferasini berar edi: markazning dizayni, dars o‘tilish jarayoni, ustozlarning samimiyligi meni hayratga soldi. Shunda tushundim: bu yer nafaqat bilim, balki kelajak sari yo‘l ochuvchi markaz ekanligini!
Sensorikadagi ta’lim va imkoniyatlar
Men bu yerda bir yil davomida Front-End va Back-End yo‘nalishlarida puxta bilim oldim. Nazariya bilan cheklanmay, amaliy loyihalarda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ldim. Bu esa menga haqiqiy dasturchi sifatida rivojlanishimga katta yordam berdi.
Hozirda men Sensorika IT O‘quv markazida assistent mentor sifatida ish faoliyatimni boshladim. Bu esa menga nafaqat o‘z ustimda ishlash, balki o‘quvchilarga bilim berish, ularga dasturlash sirlarini o‘rgatish imkonini bermoqda.
Nega aynan Sensorika?
Sensorikani boshqa o‘quv markazlaridan ajratib turadigan jihatlar:
- Sifatli va zamonaviy ta’lim metodlari
- Tajriba va amaliyotga asoslangan darslar
- O‘z sohasining ustalari bo‘lgan mentorlar
- Qulay va motivatsion muhit
O‘quvchilar uchun cheksiz imkoniyatlar — loyihalar, tanlovlar va amaliyot dasturlari
Bu yerda siz nafaqat dasturlashni o‘rganasiz, balki o‘zingizni sinab ko‘rasiz, do‘stlar orttirasiz va IT olamida o‘z o‘rningizni topishga ilk qadam
