Qayerda haqiqiy bilim, sifatli ta'lim va amaliyotga boy darslar bor?
Qayerda haqiqiy bilim, sifatli ta'lim va amaliyotga boy darslar bor?
Ismim Alibek, bolaligimdan texnologiyalarga, xususan kompyuter va dasturlashga katta qiziqishim bo‘lgan. Vaqt o'tgan sari bu qiziqishim oddiy havasdan ko'ra, kelajak kasbimga aylanishi mumkin bo‘lgan jiddiy maqsad ekanini angladim. Shundan so'ng, o'zimga savol berdim: qayerda haqiqiy bilim, sifatli ta'lim va amaliyotga boy darslar bor?
Izlanishlarim meni “Sensorika” IT o‘quv markaziga olib keldi. Ushbu o‘quv markazi zamonaviy yondashuvi, puxta o‘quv dasturi va amaliy mashg‘ulotlarga boy darslari bilan boshqalardan ajralib turar edi. Ta'lim jarayonida nazariya va amaliyotning uyg‘unligi, har bir mavzu real loyihalar orqali mustahkamlanishi men uchun ayniqsa muhim edi. Shu bois, ongli ravishda aynan shu markazni tanladim.
Bugungi kunga kelib, men bu yerda bir necha oydan beri tahsil olmoqdaman. Bu davrda nafaqat bilimlarim, balki dunyoqarashim ham o‘zgardi. O‘quv markazida Front End, Back End va 3ds Max kabi bir nechta yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, har biri zamonaviy IT bozorining talablariga mos ravishda shakllantirilgan. Men esa o‘zimga eng yaqin bo‘lgan va ijodkorlikni mantiq bilan uyg‘unlashtirgan Front End yo‘nalishini tanladim.
Front End — bu foydalanuvchi ko‘radigan va bevosita muloqot qiladigan interfeyslarni yaratish san'ati. Ushbu yo‘nalishda men HTML, CSS va jаvascript kabi asosiy texnologiyalarni o‘rganmoqdaman. HTML yordamida sahifaning asosiy tuzilishini yarataman, CSS orqali unga chiroy va tartib beraman, jаvascript esa sahifaga jon va harakat bag‘ishlaydi. Har bir kod satri ortida mantiq, sabr va izlanish yotadi.
Ta'lim jarayonida oddiy sahifalardan boshlab, bosqichma-bosqich murakkabroq loyihalarga o‘tamiz. Amaliy topshiriqlar orqali bilimlar mustahkamlanadi, xatolar ustida ishlash esa tajribani oshiradi. Har bir muvaffaqiyatli ishlagan dastur yoki yaratilgan chiroyli web-sahifa menga yana ko‘proq ilhom bag‘ishlaydi.
O‘quv markazda har bir o‘quvchining shaxsiy kabineti mavjud bo‘lib, bu orqali baholarni kuzatish, uyga vazifalarni bajarish va darslar bilan bog‘liq boshqa barcha ma'lumotlarga osonlik bilan kirish mumkin. Bu tizim o‘quvchilarga o‘z o‘qish jarayonini nazorat qilishda yordam beradi, ular qanday yutuqlarga erishayotganini ko‘rishadi va o‘zini rivojlantirish uchun kerakli o‘zgarishlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega.
jаvascript texnologiyasida hozircha ozgina qiynalayotganimni aytishim mumkin, ammo o‘quv markazidagi ustozlarimning motivatsiyasi va yordami meni harakatga keltiradi. Ular har doim tushunmovchiliklarga yechim topishda yordam berishadi va men uchun qiyin bo‘lgan masalalarni yanada oddiyroq qilib tushuntirishadi. Bu esa o‘zimni yanada ishonchliroq va rag‘batlantirilgan his qilishimga yordam bermoqda.
O’qish davri davomida shuni angladimki, dasturlash — bu faqat kod yozish emas. Bu — fikrlash madaniyati, muammoni tahlil qilish qobiliyati va ijodkorlikdir. “Sensorika” IT o‘quv markazi esa bu yo‘lda menga mustahkam poydevor yaratib bermoqda.
Oldimda hali ko‘plab marralar bor. Ammo bugungi kunda ishonch bilan ayta olamanki, tanlagan yo‘lim to‘g‘ri. Kelajakda kuchli Front End dasturchisi bo‘lishni, zamonaviy va foydali loyihalar yaratishni maqsad qilganman. Bu yo‘ldagi dastlabki qadamlari esa aynan shu markazda, bilim va tajriba muhitida boshlandi.
