img

Faqat bilimlarim emas, o'zim ham o'zgardim!

     Mening ismim Davronbek. Bolaligimdan texnologiyalar olamiga tortilardim — kompyuter ekrani oldida o'tirib, "bu narsa ichida qanday sehrli jarayonlar ketmoqda?" deb hayron qolardim. Har bir yangi dastur, har bir o'yin, har bir veb-sahifa menda "buni men ham yarata olarmidim?" degan savolni uyg'otardi. Vaqt o'tgan sari bu qiziqish oddiy havas emas, balki kelajak kasbimga aylanishi mumkin bo'lgan jiddiy maqsad ekanini angladim. Shundan so'ng o'zimga savol berdim: qayerda haqiqiy bilim, sifatli ta'lim va amaliyot bilan boyitilgan darslar bor?

     Izlanishlarim uzoq davom etdi — u sayt, bu forum, turli tavsiyalar... Nihoyat "Sensorika" IT -o'quv markazi yo'limni kesib o'tdi. Birinchi tanishuvdanoq sezdim: bu yer boshqacha. Nazariya va amaliyot bir-birini to'ldirgan, har bir dars real hayotga bog'liq, har bir mavzu loyiha orqali jonlantirilgan. Yuragim "mana shu yerda o'qi" dedi — va men o'sha ovozga quloq soldim.

     Bugungi kunga kelib, men bu yerda olti oydan beri tahsil olib kelmoqdaman.

     Bu davr ichida faqat bilimlarim emas, o'zim ham o'zgardim. O'quv markazda uchta yo'nalish bor: Front End, Back End va 3ds Max. Har biri o'z olamiga ega, har biri alohida bir dunyo.

     Men Back End ni tanladim. Nega? Chunki u ko'rinmaydi, lekin hamma narsa undan boshlanadi. Foydalanuvchi ekranda tugma bosadi — ko'rinmaydigan joyda esa o'nlab jarayonlar ishga tushadi. O'sha jarayonlarni qurishni o'rganmoqdaman.

     Back End deganda — dasturlash tillari, ma'lumotlar bazalari, server arxitekturasi. Quruq atamalar emas bular, har biri o'z ichida katta bir mavzu. Dasturlash tili orqali mantiq quraман, ma'lumotlar bazasi orqali axborotni tartibga solaman, arxitektura esa hamma narsani birga ushlab turadi. Bazan bitta muammoni soatlab ko'raman, yechim topganimda esa o'sha hissiyot — uni hech narsaga alishtirib bo'lmaydi.

     Ta'lim jarayonida biz oddiy funksiyalardan boshlab, bosqichma-bosqich murakkabroq tizim va loyihalarga o'tamiz. Amaliy topshiriqlar orqali bilimlar mustahkamlanadi, xatolar ustida ishlash esa tajribani oshiradi. Har bir muvaffaqiyatli ishlagan API yoki to'g'ri tuzilgan ma'lumotlar bazasi menga yanada ko'proq ilhom bag'ishlaydi.

     Olti oy — ko'p ham emas, oz ham emas. Ammo shu qisqa muddat ichida dasturlash haqidagi tasavvurim butunlay o'zgardi. Kod — bu qurol, mantiq — bu kuch, sabr — bu kalit. "Sensorika"IT -o’quv markazi  mana shu uchlikni menga amaliyot orqali singdirdi.

     Yo'lim hali boshlanishida. Ammo poydevori mustahkam qurilgan imorat barqaror bo'lganidek, men ham bilimlarimning puxtaligiga ishonaman. Back End dasturchisi sifatida katta tizimlar, ishonchli serverlar va aqlli ilovalar yaratish — mening maqsadim. Bu maqsad sari birinchi qadamlarim esa aynan "Sensorika"dan boshlandi.

     “Sensorika” IT  o’quv markazi — sifatli ta'lim, mustahkam bilim va yorqin kelajak sari eng to'g'ri tanlovdir!


admin2 26-03-2026
grade grade grade grade star_half

Fikrlar arrow_right_alt

Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив